Iqtisod

Pekinda Osiyo infrastruktura investitsiyalari banki ishga tushdi

Tashkilotchi mamlakatlar bir vaqtda ramziy tugmalarni bosib OIIB ishini boshlashdi. XXR prezidenti Si Tszinpin ham ochilish marisimida qatnashdi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Osiyo infrastruktura investitsiyalari banki (OIIB) asoschilari boʻlgan 57 mamlakat aʼzolari rasmiy ravishdi uni ochishdi. Bank prezidenti vazifasi oʻtovchisi etib Xitoyning sobiq moliya vaziri oʻrinbosari Tszin Litsyun tayinlandi.

Bank ochilish marosimi Xitoy poytaxti Pekinda boʻlib oʻtdi. 57 mamlakatdan kelgan delegatsiya rahbarlari ramziy toʻgmalarni baravariga bosib bank faoliyatini boshlashdi. XXR prezidenti Si Tszinpin ham ochilish marisimida qatnashdi.

Iqtisod
Xitoy-Oʻzbekiston temir yoʻl qurilishi 2016 yilda boshlanadi

OIIB banki aʼzo mamlakatlari moliya vazirlari uchrashuvi Pekinda 2016 yilda oʻtkaziladi. Keyinchalik bunday uchrashuvlar doimiy ravishda boshqa shaharlarda ham oʻtkazilishi kutilmoqda.  

AIIB (Asian infrastructure investment bank) ni tashkil qilish haqidagi kelishuv 29 iyunda 57 tashkilotchi mamlakatlar aʼzoligida imzolangan edi. Bankning Direktorlar kengashida eng koʻp ovoz Xitoyga, Hindistonga va Rossiyaga tegdi. Bank boshlangʻich kapitali 50 mlrd dollarni tashkil qildi. Keyinchalik uni 100 mlrd dollarga yetkizish nazarda tutilgan.

AIIB (OIIB) oʻzi inima?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (oʻngda) va XXR rahbari Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyodagi yangi tartib-qoidalarni Rossiya va Xitoy belgilaydi, AQSH emas.

Osiyo infrastrukturaga investitsiya qilish banki koʻp tomonlama rivojlanish banki boʻlib, 21 asr uchun yaratilgan. Bank asosi hozirgi zamonda faoliyat koʻrsatayotgan jahon taraqqiyot banki tajribasiga va xususiy tadbirkorlikka tayangan holda faoliyat koʻrsatadi. Uning ishlash tamoyillari yengil, maʼnaviy qadriyatlarga asoslangan, korruptsiyasiz va atrof muhitga eʼtiborli boʻladi.

AIIB zamonaviy bilimlarga asoslangan institut boʻlib, uning asosiy faoliyati Osiyo mintaqasining sanoat infraqurilmasini, energetik quvvatini, transport va telekommunikatsiya, qishloq xoʻjaligi, suv taʼminoti, sanitariya va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala