Madaniyat

Xalq Taʼlimi vaziri fuqarolar bilan onlayn muloqotda boʻldi

Bugun Oʻzbekiston Xalq Taʼlimi vaziri fuqarolar bilan onlayn rejimda muloqotda boʻldi. Fuqarolar savol vazirga toʻgʻridan-toʻgʻri berib undan javob olish imkoniga ega boʻldilar.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Bugun ertalab soat 10:00 Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligining internet sahifasida vazir Ulugʻbek Inoyatov bilan onlayn muloqot oʻtkazildi. Undan har bir fuqaro Taʼlim vaziriga qiziqqan savollarni berishi va oʻz takliflarini kiritishi mumkin edi.

Vazir ishtirokidagi onlayn muloqot soat 12:00 ga qadar davom etdi. Savollarini berishga ulgurmagan fuqarolar vazir nomiga elektron pochta orqali xabar yoʻllash imkoniga ega. Elektrn pochta adresi press@xtv.uz.

Sobiq Toshkent Davlat pedagogika instituti rektori Xalq Taʼlimi vaziri vazifasida 2013 yil 7 fevraldan beri ishlab kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala