Leonardo Di Kaprio: Vladimir Putin rolini bajonidil uynagan bo‘lardim

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAkter Leonardo Di Kaprio
Akter Leonardo Di Kaprio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Di Kaprio umuman Rossiya tarixi unda katta taasurot qoldirganini, filmlarda u bajonidil Lenin yoki Rasputin rollarini o‘ynashi mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Gollivudning taniqli akteri Lionardo Di Kaprio Germaniyaning Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusda filmlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin rolini bajonidil uynashi mumkinligini aytdi.

“Putin roli juda qiziq bo‘lardi. Men uni bajonidil o‘ynagan bo‘lardim”, — dedi akter intervyuda. Shuningdek akter Rossiya tarixi unda juda katta taasurot qoldirganini va “Lenin ham juda qiziq kinorol bo‘lishi mumkinligini” aytdi. “Men Rasputin rolini ham bajonidil o‘ynagan bo‘lar edim. Mening fikrimcha Rossiya tarixi haqida ko‘proq filmlar bo‘lishi kerak”, — dedi akter.  

Akter Vladimir Putin bilan bir necha yil oldin Sankt-Peterburgda, Sibir yo‘lbarslarini qutqarish forumida, shaxsan uchrashganini aytib o‘tdi.

“Mening fondim ushbu yovvoyi mushuklarni qutqarishga qaratilgan bir necha loyihalarga moliyaviy yordam ko‘rsatayotgan edi. Putin va men faqat ushbu ajoyib hayvonlar haqida gaplashdik, hech qanday siyosat haqida emas”, — dedi akter.   

2016 yilda Leonardo Di Kaprio “Tirik qolgan” filmidagi roli uchun Oskar mukofotiga nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan. Mukofot g‘olibi 28 fkvral kuni aniqlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0