Yuriy Antonov shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishArtist Yuriy Antonov
Artist Yuriy Antonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli Rossiya artisti dushanba kuni Moskvada kasalxonaga yotqizildi. Hozir u reanimatsiya bo‘limida.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Dushanba kuni kasalxonaga yotqizilgan qo‘shiqchi va bastakor Yuriy Antonov, reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

“U hozir o‘ninchi reanimatsiya bo‘limida”, — deyishda kasalxonada.

OAV xabar berishiga ko‘ra,  Antonov infarkt gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.  Lekin bastakor aytishiga ko‘ra, u kasalxonaga ovqatdan zaharlanish tufayli yotqizilgan.

Antonov – rossiya xalq artisti, xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “Vatanga xizmatlari uchun” ordeni laureati. Yuriy Antonov 1944-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Uning otasi Mixail harbiy ofitser bo‘lgan onasi Natalya urush vaqtlarida Toshkentga evakuatsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0