O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishdi

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanO‘zbekiston chegarachisi
O‘zbekiston chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘quv mashg‘ulotlari “Dostuk” nazorat punkti yaqinida ikki mamlakat chegarachi qo‘shinlari hatti-harakatini muvofiqlashtirish maqsadida o‘tkazildi. Qo‘shinlar birgalikda chegara orqali narkotik va portlovchi moddalar olib o‘tishga qarshi kurashadilar.

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida, “Dostuk” nazorat punkti yaqinida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachi qo‘shinlari birgalikda o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishdi, Qirg‘iziston chegara xizmati xabariga asosan.   

O‘quv-mashg‘ulotlari davomida chegarachilar chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan shartli qoidabuzarni qo‘lga olish, qalbaki hujjatlarni aniqlash, portlovchi moddani topish va qurol yashirilgan maxfiy joyni aniqlash kabi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishdi.

O‘zbek chegarachisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston chegarachilari qirg‘iz chegarabuzarlarga qarata o‘q uzdi

Ushbu namunali mashg‘ulotlar, chegaradan noqonuniy ravishda qurol-aslaha, narkotik va portlovchi moddalarni olib o‘tishga qarshi kurashda,  ikki mamlakat chegarachi qo‘shinlarining hatti-harakalartini muvofiqlashtirish maqsadida o‘tkazildi.

O‘quv-mashg‘ulotlarida chegara qo‘shinlaridan tashqari Ichki Ishlar, Davlat Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi, Davlat  Narkotiklar nazorati qo‘mitasi va Davlat Bojxona xizmatlarining xodimlari  qatnashishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0