OAV: Xitoyda ijtimoiy tarmoq yordamida chet elliklarni chuv tushirgan 43 firibgar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Yovuz niyatli kimsalar WeChat messenjeri yordamida chet elliklarga soxta shahvoniy xizmatlarni taklif qilib, 15 million dollar “ishlashga” muvaffaq bo‘lishgan.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi politsiyasi tomonidan mamlakatda ommabop WeChat messenjeri yordamida chet elliklarni aldab, 15 million dollar “ishlashga” muvaffaq bo‘lgan jinoiy guruhning 43 a’zosi hibsga olindi, xabar qiladi RIA Novosti.

Ma’lum bo‘lishicha, yovuz niyatli kimsalar WeChat  messenjeridan o‘zlari tuzgan firibni amalga oshirishda foydalangan. Ya’ni, jinoyatchilar, Singarpur fuqarolariga ijtimoiy tarmoq yordamida shahvoniy turdagi xizmatlarni taklif qilgan. Shunday turdagi xizmatga o‘ch foydalanuvchilar jinoyatchilar hisob raqamiga yirik mablag‘larni o‘tkazishgan. Firib qurboniga aylanganini tushungach esa, singapurlik WeChat foydalanuvchilari, zudlik bilan mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.

Singapur politsiyasi, o‘z navbatida ushbu jinoyat yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishlarini so‘rab Xitoy huquq-tartibot organlariga murojaat qilishgan.

XXR politsiyasi payshanba kuni taqdim etgan ma’lumotlarga asosan, jinoiy guruh faoliyatiga o‘tgan yilning dekabr oyi so‘ngida nuqta qo‘yilgan. Surishtiruv ishlari Xitoyning eng yirik provinsiyalarida sakkiz oy davomida olib borilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0