Dunyoda

AQSH Eron, Iroq, Suriyaga borganlarga mamlakatga vizasiz kirishni taʼqiqladi

AQSH Ichki havfsizlik vazirligi soʻnggi besh yil ichida Eron, Iroq, Sudan va Suriyada boʻlgan kishilar uchun mamlakatga vizasiz kirish dasturi endi joriy etilmasligini eʼlon qilgan edi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik, Grigoriy Dubovitskiy. Iroq, Eron, Suriya va Sudan davlatlarini ziyorat qilgan kishilar uchun AQShga kirish tartibi murakkablashtirilishiga “Islom davlati” uyushmasi tomonidan boʻlayotgan tahdidlar sabab qilib koʻrsatilmoqda, xabar qiladi RIA Novosti.

Bu haqda AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner xabar qildi.

AQSH elchixonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston fuqarolari uchun AQSH vizasi olish murakkablashtiriladi

“Qora roʻyxat”ga kirgan mamlakatlar orasida nega Afgʻoniston va Pokiston yoʻq, degan savolga Toner: "Bu qaror “ID” va unga aloqador jangarilar tomonidan boʻlayotgan tahdidlar bilan bogʻliq”, — deb javob berdi.

Toner “ID” terrorchilik uyushmasining yirik toʻdalari makoni boʻlmish Liviya va Yaman davlatlari ushbu roʻyxatga nima sabadan kiritilmadi, degan savolga ham javob bera olmadi.

AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi payshanba kuni besh yil ichida Eron, Iroq, Sudan va Suriya davlatlarida boʻlgan kishilar uchun mamlakatga vizasiz kirish tartibi endi joriy qilinmasligi haqida eʼlon qilgan edi. Ishtirokchi-davlatlar fuqaroligidan tashqari, Eron, Iroq, Sudan va Suriya fuqaroligiga ham ega kishilar ham bundan buyogʻiga viza olishlariga toʻgʻri kelishi maʼlum boʻldi.

AQSH bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
AQSH mamlakatga kirish tartibini murakkablashtirdi

Yangi qoidalarda jurnalistlar, nodavlat va gumanitar tashkilotlar, “qonuniy” tijoratni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlar uchun istisno holatlari koʻzda tutilgan.

Yangi qoidalar Eron, hamda bir qator jamoat tashkilotlari tomonidan tanqidga olindi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala