Dunyoda

OAV: Obama oʻz qizining bitiruv kechasida koʻz yosh qilishga tayyorligini aytdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishAmerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Barak Obama.
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Barak Obama. - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidenti maktab oʻquvchilariga shahodatnomalarni topshirish tadbirida ishtirok etmasligi maʼlum boʻldi. Obama oʻz qizining bitiruv kechasida nutq soʻzlayotib, yigʻlab yuborishi mumkinligidan qoʻrqib, shunday qarorga kelgani taʼkidlanmoqda.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Barak Obama qizi Maliyaning bitiruv kechasi u uchun his-tuygʻularga boy voqea boʻlishini, u bu kechada yigʻlashga tayyorligini taʼkidladi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Datroytda oʻtgan lanch davomida, mehmonlar bilan boʻlgan suhbat davomida Obama oʻz qizining bitiruv kechasida yigʻisiz nutq soʻzlay olmasligi haqida taʼkidlagan. “Chunki qalbimda his-tuygʻular tugʻyon urayotgan boʻladi”, deb izoh bergan AQSH prezidenti.

AQSH prezidenti Barak Obama. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
The Boston Herald: Obama moʻjizalar mamlakatida yashaydi

"Bitiruv kechasi davomida yigʻlab oʻtirsam kerak”, — degan Obama. 

Shu bois, AQSH prezidenti bu yil oʻquvchilarga shahodatnoma topshirishi bekor qilindi, deb yozadi nashr.

AQSH prezidenti oʻtgan hafta qizi Maliya tez orada ota uyini tark etishi mumkinligi haqida aytib, bu masala uni juda qiynayotgani haqida jamoatchilikka maʼlum qilgan. “Bu haqda oʻylashim bilan, koʻzim yoshga toʻlyapti”, — qoʻshimcha qilgan u.

Oʻn yetti yashar Maliya Enn Obama Vashingtondagi Sidwell Friends Schoolda tahsilni yakunlamoqda. Maʼlum boʻlishicha, prezidentning qizi, kuzda Amerika kollejlarining birida oʻqishni davom ettiradi, shu sababdan u oʻz uyini tark etishiga toʻgʻri keladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala