Putinning bir og‘iz gapi Leninni ko‘mishga sabab bo‘lmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishQizil maydondagi V.I.Lenin mavzoleyi. Moskva.
Qizil maydondagi V.I.Lenin mavzoleyi. Moskva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Fikrni boshqarish – juda to‘g‘ri ish, faqat u to‘g‘ri natija berishi lozim. Tarixga nazar soling, Vladimir Ilich Lenin fikri oxir-oqibat SSSR parchalanishiga olib keldi”, dedi Putin. Uning bu gapidan keyin aksariyat amaldorlar Lenin tanasini ko‘mish kerak, degan taklif bilan chiqa boshlashdi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik.  Payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilm-fan va maorif Kengashi majlisida shunday dedi: "Fikrni boshqarish – juda to‘g‘ri ish, faqat u to‘g‘ri natija berishi lozim. Leninning ahvoliga tushib qolish yaramaydi. Uning fikri nimaga olib keldi? SSSR tarqalishiga! Mana shunaqa”. Putinning bu gapidan keyin mansabdor shaxslar orasida Lenin ko‘milishi kerak, degan takliflar bilan chiqayotganlar soni ko‘payib qoldi, xabar qiladi RIA Novosti.

Jumladan, Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurov Vladimir Lenin tanasi allaqachon ko‘milishi kerak edi, deb hisoblaydi.

"Men dindor inson sifatida, har bir kishining kabi, Lenin tanasi ham ko‘milishi kerak, deb hisoblayman. Uning mavzoleyda saqlanishi insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi”, — deydi Yevkurov.

U shuningdek, Lenin tanasi mavzoleyda saqlanishi kerak, degan istakni tushunishini aytib, “odamlarga qolsa, ular nimalarni xohlashmaydi, deysiz”, deb qo‘shimcha qilgan.

"Leninning o‘zi uning tanasi yerdamas, mavzoleyda saqlanishini vasiyat qilganiga ishonchim komil emas, bundan tashqari, uning mavzoleyda saqlanishi Rossiya tarixiy an’analariga tamomila zid”, — deb ta’kidladi Ingushetiya rahbari.

 

Yangiliklar lentasi
0