23 yanvardagi tabiiy ofat Xitoyda 830 ming insonni hayotdan olib ketdi

© AP Photo / Ng Han Guan Tanszin shahridagi portlash oqibatlari. Xitoy.
Tanszin shahridagi portlash oqibatlari. Xitoy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda eng yirik vayron qiluvchi kuchga ega zilzila ro‘y berganiga bugun 460-yil to‘ldi.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 1556 yil 23-yanvarda Xitoyda vayron qiluvchi kuchga ega eng yirik zilzila ro‘y berdi. Tabiiy ofat 830 ming insonni hayotdan olib ketdi. Zilzila Xitoyning Shensi, Shansi, Xenan, Gansu, Xebey, Shandun, Xubey, Xunan, Szansu va Anxoy provinsiyalaridagi 97dan ziyod okruglarga “tegib o‘tdi”. Tabiiy ofat episentri Shensi provinsiyasiga to‘g‘ri keldi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Zilzila vaqtida Shensi provinsiyasi hududida ko‘tarilish va pasayish holatlari kuzatilib, tuproq suyulishi ro‘y berdi. Zilzila ko‘chki va o‘pirilishlarni yuzaga keltirdi, tog‘larni tekislab, darolar o‘zanini o‘zgartirdi. Natijada, Xitoyning aksariyat shaharlari suv ostida qoldi.

Zilzila episentrida 20 metr chuqurlikka ega o‘pirilish va yoriqlar paydo bo‘ldi.

Uylar, jamoatchilik binolari, cherkovlar va shahar devorlari barbod bo‘ldi. Yong‘inlar yuzaga keldi.

Xuasan shahrida bironta sog‘ bino qolmagan edi. Shahar aholisining teng yarmi halok bo‘ldi. Kuchli seysmik to‘lqinlar tufayli, tuproq suyulib ketib, natijada, aksariyat binolar yer qa’riga kirib ketdi. Sanoqsiz odamlar tiriklayin ko‘mildilar.

Xuddi shunday holat Veynan va Xuain shaharlarida ham ro‘y berdi. Zilzila episentridan 500 kilometr masofa uzoqlikda joylashgan shaharlar borki, hammasi zilzila qurboniga aylandi.

Shensi va Shansi provinsiyalari aholisi taxminan 60 %ga qisqardi.

Shensi provinsiyasining ba’zi tumanlarida odamlar bitta qolmay qirilib ketdi.

Xitoy tarixidagi eng mash’um zilzila tong sahar, odamlarning aksariyati hali uyqudaligida ro‘y bergan. Qurbonlarning aksariyati zilzila tufayli qulagan binolar ostida qolishgani ma’lum.

Zilziladan so‘ng olti oy davomida oyda 3-5 marotaba silkinishlar takrorlanib turgan. Uch yil davomida yerda yengil silkinishlar sezilib turgan. Oradan besh yil o‘tgachgina, hammasi tinchlangan.

Yangiliklar lentasi
0