Uzbekistan Airways va Boeing samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazi ochdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Havo yo‘llarining Boing 767-300 samolyoti
O‘zbekiston Havo yo‘llarining Boing 767-300 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiymati 500 ming dollar bo‘lgan ushbu markaz, MDH hududida Boeing samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga ixtisoslashgan yagona markazdir.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Havo Yo‘llari va Boeing korporatsiyasi Toshkentda samolyotlar kompozitsion qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi markaz ochildi,  Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Ushbu markaz, Uzbekistan Airways Technics korxonasi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Uzbekistan Airways Technics O‘zbekistonda va chet elda ishlab chiqarilgan barcha samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun yetarli texnik baza va malakali mutaxassislarga ega.

Boeing kompaniyasi yangi markaz uchun 500 ming dollar mablag‘ni beminnat sarmoya qildi. Ushbu mablag‘ evaziga maxsus titan qotishmalardan tayorlangan detallarga ishlov berish uchun inert muhitli pechlar va kompozit detallarni ta’mirlash uchun maxsus uskunalar sotib olindi.

Ushbu markaz mutaxassislari uchun kompozit materiallardan yasalgan, yangi turdagi laynerlarni ta’mirlash yangilik emas. Korxona ustalari Airbus A320 va Boeing-757/767 samolyotlarining kompozit detallarini, tumshuq va qanot silliq detallarini, balandlik ruli va boshqa detallarini ta’mirlash tajribasiga ega.  Bundan buyon esa ushbu marakazda ushbu yo‘nalishning yangi istiqbollari ochiladi.

Markaz samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun uning xodimlari Singapur va Sietlda maxsus tayorgarlikdan o‘tishgan.  Undan tashqari bu yil markaz xodimlari Boeing-787 Dreamliner samolyotining kompozit detallarini ta’mirlash uchun maxsus tayorgarlikdan o‘tishdi.

Ushbu yilning sentabr-noyabr oylarida O‘zbekiston Havo Yo‘llari aviakompaniyasi ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotini sotib oladi. Ushbu samolyotlarning 50% dan ortiq detallari kompozit materiallardan yasalgan.

© Press-slujba "Uzbekskie avialinii"Noviy sentr po remontu samoletov Boeing
Noviy sentr po remontu samoletov Boeing - Sputnik O‘zbekiston
Noviy sentr po remontu samoletov Boeing

 

Yangiliklar lentasi
0