OAV: Turkiya o‘zi bilan do‘st bo‘lmagan mamlakatlarda elchilar o‘rniga josuslarni tayinlayapti

Obuna bo‘lish
Turkiya maxsus xizmati so‘nggi o‘n yil ichida “kamtar tashkilot”dan Tashqi ishlar vazirligi hamda Mudofaa vazirligini obro‘sizlantirib, ular vakolatining bir qismini tortib olgan tuzilmaga aylandi, deb yozadi Al-Monitor.

Toshkent, 2 fev — Sputnik. Turkiya hozirda o‘z Milliy razvedka tashkiloti(MIT)ni zamonaviylashtirib, unga qarashli shtab-kvartiralar hamda maxsus operatsiyalar sonini ko‘paytirmoqda, deb yozadi Al-Monitor nashri, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

 

Oldinlari Milliy razvedka tashkiloti “kamtargina” maxsus xizmat muassasasi bo‘lib, mamlakat ichki ishlari hamda o‘z fuqarolarini kuzatish bilan shug‘ullanardi. Hozir esa u Turkiya chegarasi mudofaasi va josuslik ishlarini to‘liq o‘z nazoratiga olgan.

Turkiya davlati prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘onning “ishtahasi” ochilib ketdi, endi u Yevropadan 5 milliard yevro talab qilmoqda

Bundan tashqari u chet eldagi harbiy tuzilmalarni muvofiqlashtirib, mamlakat ichida va undan tashqarida maxsus operatsiyalarni o‘tkazishga imkon beruvchi ichki tuzulmani rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda. O‘n yilliklar davomida MIT budjeti 419 foizga o‘sdi, deyiladi maqolada.

Maqolada shuningdek, hozirda Milliy razvedka tashkiloti Turkiya siyosatining muhim o‘yinchilaridan biriga aylanganligi ta’kidlanadi. Jumladan, bu tashkilot davlat ahamiyatiga molik qarorlarni qabul qilishda katta ta’sir kuchga ega, deb yozadi Al-Monitor. 2010-yildan buyon Maxsus xizmat rahbari lavozimini bajarib keluvchi Xoqon Fidon esa allaqachon “norasmiy tashqi ishlar vaziri"ga aylanib ulgurgan. U Turkiya prezidenti va Bosh vaziri bilan birga yuqori darajada o‘tkaziladigan barcha uchrashuvlarda teng qatnashib kelmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Hoqon Fidon Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on va Bosh vazir Ahmad Dovuto‘g‘lining “suyangan tog‘iga” aylanib ulgurgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida hamda mahalliy OAVlarda Turkiya so‘nggi paytlarda “politsiyachi-mamlakat” maqomini olayotgani keng muhokama qilinmoqda, deb yozadi nashr.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Turkiya ichida avtonomiyaga yo‘l qo‘yilmaydi

"… Turkiya o‘z elchixonalarini yopmoqda va vaziyat o‘ta nozik bo‘lgan hududlardan o‘z diplomatlarini chaqirib olmoqda. Bu harakati bilan u o‘z Tashqi ishlar vazirligining xalqaro miqyosdagi ta’sirini yo‘qqa chiqarmoqda. Turkiya Milliy razvedka tashkiloti mamlakat bilan “do‘st” bo‘lmagan yoki rasmiy aloqa o‘rnatmagan davlatlarda josuslardan iborat tarmoqlarni shakllantirmoqda. Bu holatni ayniqsa, Suriya va Iroqda yaqqol kuzatish mumkin. Yaqin sharq mamlakatlari, jumladan, Isroil va Eron davlatlari ham bundan mustasno emas…", — deyiladi maqolada.

 

Yangiliklar lentasi
0