Iqtisod

GM Uzbekistan gaz ballonli Lacetti ishlab chiqarishni boshladi

© GM UzbekistanIkki xil yonilgʻiga moslashgan Chevrolet Lacetti
Ikki xil yonilgʻiga moslashgan Chevrolet Lacetti - Sputnik Oʻzbekiston
GM Uzbekistan zavodi gaz balloni oʻrnatilgan ikki xil yonilgʻida ishlaydigan Lacetti avtomobillari ishlab chiqara boshladi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. GM Uzbekistan qoʻshma korxonasi syultirilgan gaz va benzinda ishlaydigan Lacetti avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni boshlaganini xabar berdi, gazeta.uz xabariga asosan.

GM Korea va Landi-Renzo (Italiya) kompaniyalari bilan birgalikda tuzilgan loyiha doirasida avtomobil va gaz-ballon uskunasini bir-biriga moslashtirish  ishlari amalga oshirilgan. Undan tashqari avtomobil va oʻrnatilgan uskunalar GMning global xavfsizlik tizimi va ECE R110 (BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi) xavfsizlik standartlari talablariga binoan sinovdan oʻtgan, deb xabar bermoqda kompaniya oʻzining Facebookdagi sahifasida.  

Gaz-ballonlari Italiyaning Faber kompaniyasi, kapot ostidagi uskunalar SP «Uzavto-Landi Renzo» kompaniyalari tomonidan yetkizib beriladi. GM Korea kompaniyasi esa avtomobil dvigatelini ikki yonilgʻi turida ishlashga moslashtirishda va uni sinovda ishtirok etdi.  

GM PowerTrain Uzbekistan kompaniyasi avtomobilni maxsus, gazda ishlashga moslashtirilgan, kuchaytirilgan dvigatel bilan jihozladi. Dvigatel kuchaytirilgan tsilindr-porshen guruhi va klapan mexanizmlariga ega. Undan tashqari avtomobil podveskasi ham kuchaytilgan, xususan prujinalari va amortizatorlari, koʻndalang barqarorlik stoykalari va boshqa elementlari ham kuchaytirilgan.   

Ikki xil yonilgʻida yurishga moslashgan avtomobilning 1130 km masofani toʻxtovsiz bosib oʻtishi mumkin. Undan 850 km benzinda, 280 km gazda. Shahar ichida harakatlanganda gazda 230 km. Avtomobil gazdan benzinga yoki orqaga avtomatik ravishda oʻtishi mumkin.

Ishlab  chiqaruvchilar xavfsizlikka alohoda eʼtibor qaratishdi. Avtomobil oʻt oldirilganda yoki oʻchirilganda gaz balloni avtomatik ravishda ochiladi yoki berkitiladi. Ballon asosiy va qoʻshimcha elektromagnit klapanlar bilan jihozlangan. Ushbe klapanlar temperatura yoki davleniye oshgan vaqtda avtomatik ravishda ishlashi mumkin. Gaz trubkasi uzilganda, ballon avtomatik ravishda yopiladi.  

Ishlab chiqarish jarayonida avtomobil sifati qattiq nazorat ostida boʻladi. Ishlab chiqarish yakunida gaz oqib chiqishi va barcha tizimlar muvofiq ishlashi diagnostika qilinadi.

GBU bilan jihozlangan avtomobillar zavoddan Sertifikat bilan jihozlanadi, keyinchalik ularni YHXHda roʻyxatdan oʻtkazish uchun alohida Sertifikat olish kerak boʻlmaydi.

GBU bilan jihozlanganavtomobillarga, boshqa avtomobillar kabi bir yil yoki 20 ming km masofa bosib oʻtguncha zavod kafolati beriladi.

Hozirgi kunda avtomobillni muvofiqlashtirish sinovlari yakunlanmoqda. Narxlar avtomobillar savdoga chiqarishga tayor boʻlganidan keyin eʼlon qilinadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala