Moskva Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi

Obuna bo‘lish
Hozir Vashington Moskva taklifini ko‘rib chiqmoqda. Lavrov, AQSh uchun “ushbu, juda oddiy takliflarni ko‘rib chiqishga ko‘p vaqt ketmaydi”.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya Ssuriyada 1-martdan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kiritish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Reuters ga asoslanib.  

Rossiya AQShga Suriya inqirozini hal qilishda muayan reja taklif qildi, dedi Rossiya TIV Sergey Lavrov, lekin rejaning tafsilotlarini oshkor qilmadi. 

“Umid qilamanki, ushbu juda oddiy takliflarni ko‘rib chiqishda Vashingtonda ko‘p vaqt ketmaydi”, — dedi Rossiya TIV rahbari.

“Bizga ut ochishni darhol bas qilish ma’qul bo‘lardi” deb javob berdi jurnalist savoliga AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner chorshanba kuni va Rossiyaning ushbu taklifida belgilangan muddatlar haqida  bilmasligini aytdi.

Mansabdor shaxsning so‘zlariga qaraganda, ushbu masala bo‘ycha tomonlar kelishuvga kela olmagan, chunki Rossiya taklifining ba’zi bo‘limlari AQSh hukumatini xavotirga solmoqda.  

 

Yangiliklar lentasi
0