Dunyoda

Xitoy - Qozogʻiston - Turkmaniston - Eron yoʻnalishida poyezd qatnovi boshlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtish"Sapsan" poyezdi
Sapsan poyezdi - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi temir yoʻl orqali yuk tashishni yoʻlga qoʻyish uchun ilk sinov konteyner poyezdi ishga tushirildi. Marshrutning umumiy davomiyligi 10 ming kilometrni tashkil etadi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik, Amangeldi Nurmurodov. Xitoy-Qozogʻiston-Turkmaniston-Eron marshruti boʻyicha ishga tushirilgan ilk sinov konteyner poyezdi Turkmanistondan Eronga yoʻl oldi, xabar qiladi RIA Novosti Ashxobod mahalliy ommaviy axborot vositalariga asoslangan holda.

Sapsan tezzyurar poyezdi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xitoy Rossiyada va butun dunyoda tezyurar temir yoʻllar quradi

Ushbu sinov reysidan maqsad — yangi temir yoʻl marshruti orqali yuk tashishni yoʻlga qoʻyishdir.

Turli tovarlar ortilgan poyezd yanvar oyi oxirida Xitoy sharqiy provintsiyasi — Chjetsyanda joylashgan Iu shahridan yoʻlga chiqqan va 9 kun ichida 7908 kilometr masofani bosib oʻtib, Turkmanistonning Serxetyak temir yoʻl stantsiyasiga yetib kelgan.

Mutaxassislarning taxmini boʻyicha poyezd bir necha kundan keyin oʻzining oxirgi punkti – Eron poytaxti Tehron shahriga yetib borishi kerak.

Xitoy-Qozogʻiston-Turkmaniston-Eron marshrutining umumiy davomiyligi 10 ming kilometrni tashkil qiladi. U yoʻlda ikki hafta harakatlanadi, bu esa dengiz orqali bosib oʻtiladigan masofadan ikki barobar qisqa. Dengiz orqali bu ish uchun 25-30 sutka vaqt ketadi.

Iqtisod
Oʻzbekiston tezyurar avtomagistral qurish uchun 405 mln $ kredit oldi

Ushbu transport-tranzit koridori Qozogʻiston-Turkmaniston-Eron xalqaro temir yoʻli qurilishidan keyin yaratilgan edi. Temir yoʻl ochilish marosimi 2014 yilda dekabr oyida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Eron rahbari Hasan Ruxoniy ishtirokida oʻtkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala