Dunyoda

Kerri: Suriyada urush barham topishi uchun Bashar Asad prezidentlikdan ketishi kerak

Toki Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat tepasida qolar ekan, Suriyadagi urushga barham berib boʻlmaydi, deb hisoblaydi AQSH davlat kotibi Jon Kerri.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Toki Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatni boshqarishda davom etar ekan, Suriyadagi urushni toʻxtatishning iloji boʻlmaydi, deb hisoblaydi AQSH davlat kotibi Jon Kerri.

Dunyoda
Kerri: AQSH Buyuk Britaniya YEI tarkibida qolishidan manfaatdor

“Juda koʻplab odamlar Asad Suriya hukumati tepasida qolsa, tinchlikka erishib boʻlmasligi haqida gapirmoqda. Urush barham topishi uchun u prezidentlikdan ketishi kerak, aks holda biz tinchlik oʻrnata olmaymiz” — dedi Kerri, Myunxenda boʻlib oʻtgan xavfsizlik boʻyicha anjumanda nutq soʻzlar ekan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 12-14 fevral kunlari Myunxenda xavfsizlik boʻyicha anʼanaviy anjuman oʻtkazilmoqda. Bu yil anjuman ishtirokchilari oʻrtasida Suriyadagi urush va migratsiyaga oid inqiroz masalalari muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala