Xotin-qizlar bayrami munosobati bilan 7-mart dam olish kuni deb e’lon qilindi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tish8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil 5-mart shanba dam olish kunini 2016-yil 7-mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qarori e’lon qilindi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. 2016 yil 5-mart shanba dam olish kunini 2016-yil 7-mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qarori e’lon qilindi, xabar qilinadi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Qarorda xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida 2016-yil 5-mart shanba dam olish kuni 2016-yil 7-mart dushanba kuniga ko‘chirilishi, 2016-yil 5-mart shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinishi ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0