Sport

Futzal boʻyicha OCH chorak finalida Oʻzbekiston Iroqni yutdi

© The AFC HubFutzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi
Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi - Sputnik Oʻzbekiston
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi Oʻzbekiston jamoasi Iroq terma jamoasini yutib nafaqat yarim finalga balkim Kolumbiyada boʻlib oʻtadiga JChga yoʻllanma oldi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida Iroq ustidan 3: 0 hisobida gʻalaba qozonib eng kuchli toʻrt jamoadan biriga aylandi.

Birinchi boʻlim oxirida hisobni Dilshod Raxmatov ochdi. Ikkinchi boʻlimda Nodir Eliboyev yana bir gol bilan Oʻzbekiston jamoasi yutugʻini oshirdi. Ikkinchi boʻlim tugashiga bir ikki qolganda, odatdagidek, Dilshod Raxmatov yana bir gol urdi.

Shunday qilib, Oʻzbekiston 3:0 hisob bilan yarim finalga va Kolumbiyada boʻlib oʻtadigan JChga yoʻllanma oldi.

Tailand va Avstraliya jamoallari oʻrtasida boʻlgan paralel oʻyinlar 5:1 hisob bilan tugadi.

Qolgan yarim finalchilar Eron – Qirgʻiziston va Yaponiya – Vʼyetnam oʻyinlarida aniqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala