Dunyoda

Pushkov: AQSH “ID” uchun Liviya “darvozasini” ochib qoʻyib, endi unga qarshi kurashmoqchi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishRossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Aleksey Pushkov.
Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Aleksey Pushkov. - Sputnik Oʻzbekiston
Vashington avvaliga Liviyani tarqoq holatga keltirdi va mamlakat “darvozasini” terrorchilar uchun ochib qoʻydi, endi esa, ularga qarshi harbiy operatsiyalarni amalga oshirmoqchi, deb izoh berdi deputat Obamaning Shimoliy Afrika davlatlarida “Islom Davlati”ga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi taʼkidiga javoban.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Qoʻshma Shtatlar “Islom davlati” terrorchilariga Liviyaga bostirib kirishlari uchun sharoit yaratib berib, endilikda, jangarilarga qarshi kurashmoqchi boʻlyapti, deb taʼkidladi Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi rahbari Aleksey Pushkov Twitterdagi mikroblogida.

Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp: AQSH Iroqda urush boshlab, Yaqin Sharqdagi ahvolni zaiflashtirdi

"AQSH Liviyaga bostirib kirishga tayyorgarlik koʻryapti – bu safar u “ID”ga qarshi kurashmoqchi. Avvaliga davlatni barbod qildi va radikal kuchlar uchun “darvozalarni” ochib qoʻydi, mana endi esa, ularga qarshi kurashadi", — deb yozadi siyosatchi.
Bundan sal oldin, Kaliforniyada oʻtkazilgan matbuot-anjumanida AQSH Liviyada harbiy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkinmi, degan savolga prezident Barak Obama Vashington “ID”ni dunyoning istalgan nuqtasida taʼqib qilishini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala