TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Moskva kasalxonalaridan birida Moskvada Shimoliy Osetiya rahbari Tamerlan Aguzarov vafot etdi, deb xabar berdi Sputnik Osetiya.
Aguzarov 20 yanvardan beri Moskva kasalxonalaridan birida davolanayotgan edi. Osetiya rahbari juma kuni vafot etdi. Uning oʻlimining aniq sababi hozircha eʼlon qilinmagan, deb xabar bermoqda Shimoliy Osetiya hukumati vakili.
Oldin Respublika Bosh vaziri Vyacheslav Bitarov Aguzarov yaqin kunlarda Shimoliy Osetiyaga qaytib kelishi haqida gapirgan edi. Uning soʻzlariga qaraganda Respublika rahbari Moskva klinikalaridan birida ogʻir pnevmoniya kasalidan davolanayotgan edi.