Nuriddin Ubaydullayev O‘zbekistonning ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakili etib tayinlandi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishShHT a’zo-mamlakatlar rahbarlari kengashi.
ShHT a’zo-mamlakatlar rahbarlari kengashi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakili o‘zgardi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilingan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatidagi doimiy vakili o‘zgardi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Xakimov. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya ShHT va YeII iqtisod va savdo vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuvini o‘tkazmoqchi

"O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining birinchi kotibi Nuriddin Ubaydullayev O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatidagi doimiy vakili etib tayinlandi", deyilgan xabar matnida.

ShHTga a’zo mamlakatlar — bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belorussiya, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston esa kuzatuvchi davlatlar maqomiga ega. 2015-yil iyul oyida ShHTga Hindiston va Pokistonni qo‘shish jarayoni ishga tushirilgan.
Bu yil ShHTga raislik qilish vakolati O‘zbekistonga o‘tdi. ShHT sammiti 2016-yil 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0