OYeKB internetni nazorat qiluvchi yagona tizim taklif qilmoqda

© Foto : PixabyXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo Kiber Xavfsizlik qo‘mitasi (OYeKB) Yevroosiyo hududida Apple, Google, Facebook, Twitter, Samsung va boshqa internet kompaniyalari xizmatlari ortidan nazorat qiluvchi yagona monitoring tizimini tashkil qilish kerakligini ta’kidlamoqda.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Yevroosiyo kiber xavfsizlik qo‘mitasi (OYeKB) MDH hududidagi mamalkatlar rahbarlari diqqatiga fuqarolarning xususiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun internet-traffik ortidan nazoratni kuchaytirish kerakligini ta’kidlamoqda, qo‘mita saytida berilgan xabarga asosan.  

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

Oldinroq, Apple kompaniyasining barcha mahsulotlari ichida bo‘lgan ma’lumotlar FBRga ma’lum ekanligi haqida Edvard Snouden ham jamoatchilikka ma’lum qilgan edi. Ushbu ma’lumotni nazarda tutgan holda, OYeKB MDH hududida Apple, Google, Facebook, Twitter, Samsung kabi internet gigantlarining turli xizmatlari ortidan nazorat qiluvchi yagona monitoring tizimini tashkil qilishga da’vat qilmoqda.

“Yevroosiyo mamlakatlari, chet el kompaniyalari, qidiruv tizimlari, elektron pochta xizmati va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni faqat milliy serverlarda saqlash haqida qonun qabul qilishi kerak. Rossiyada bunday qonun allaqachon kuchga kirgan”, — deyilgan xabarda. 

Tashkilot fikriga ko‘ra, Yevroosiyo fuqarolari haqidagi har qanday ma’lumot, va hatto ijtimoiy tarmoqlardagi fotosuratlar ham ushbu qonun ta’siri ostiga tushishi kerak. Qonunga amal qilmagan kompaniyalar uchun, munosib jazo choralari qo‘llanilishi kerak. Masalan ularning xizmatlari va serverlarini blokirovka qilish yo boshqa choralar.

Rossiyada internet ustidan nazorat o‘rnatiladi

Ushbu choraning yana bir vazifasi – Yevroosiyo IT infrastrukturasining ishonchliligini oshirish. Yevroosiyo mamlakatlari ushbu sohada faoliyat yuritayotgan milliy va chet el komaniyalari uchun alohida qoidalar qabul qilishi kerak. Milliy IT-kompaniyalar xizmatlari asosida, favqulodda holatlarda yoki chet mamlakatlari ta’siridan himoyalanish uchun kerak bo‘ladigan rezerv mexanizmlar ishlab chiqish kerak.

Nizom sarmoyasi tarkibida chet el kapitali bo‘lgan IT-provayderlar va telekommunikatsiya kompaniyalariga alohida e’tibor berilishi kerak.

“Yevroosiyo tafikni monitor qiluvchi tizimini tashkil qilish kerak. Ushbu tizim aloqa nuqtalarining bir-biri bilan bog‘liqligi ko‘rsatadi va kanallar sonini hisoblash imkonini yaratadi. Keyin esa, soha rasmiy muassasalari tomonidan hisobga olinmagan “noqonuniy” aloqa kanallarini aniqlash imkonini bo‘ladi”, deyilgan murojaatnomada.

Qo‘mitaning ushbu murojaatnomasi Rossiya, Qozog‘ston, Ozarbaydjon, Belorussiya, Armaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikiston rahbarlariga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0