Dunyoda

Hindiston va Pokiston SHHTga aʼzo boʻlishga tayyorgarlik koʻrmoqda

© SputnikSHHT emblemasi
SHHT emblemasi - Sputnik Oʻzbekiston
Hindiston va Pokiston majburiyatlari haqida memorandumlar Toshkentda boʻlib oʻtadigan SHHT sammitida imzolanishi koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. 2016-yilning 1-mart kuni Pekin shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov XXRdagi Hindiston Republikasi Elchisi Vidjay Goxale va Pokiston Islom Respublikasi Elchisi Masud Xalid bilan uchrashdi.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari boʻyicha maxsus vakili Baxtiyor Xakimov. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya SHHT va YEII iqtisod va savdo vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuvini oʻtkazmoqchi

Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati xabar berishicha, SHHTga aʼzo davlatlarning Ufa shahridagi (Rossiya) Davlat rahbarlari kengashi qarorini amalga oshirish doirasida diplomatik missiyalar boshliqlariga SHHTga aʼzo davlat maqomini olish borasidagi Hindiston va Pokiston majburiyatlari haqidagi Memorandumlar loyihalari topshirildi.
Bundan tashqari, boʻlajak Toshkent sammitida mazkur Memorandumlarning imzolanishi davlat rahbarlari uchrashuvining muhim amaliy yakunlaridan biri va bu yil 15 yilligini nishonlayotgan SHHTning rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshishi taʼkidlandi.
Uchrashuvda SHHTga aʼzo davlatlarning SHHT Kotibiyatidagi doimiy vakillari ham ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala