Dunyoda

Oʻzbek jurnalistlari: “qotil-enaga” tufayli Rossiyadagi migrantlar jabr koʻrishini xohlamaymiz

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishQotil-enaga G. Boboqulova Presnya tumani sudi qarori bilan 29 aprelga qadar hibsga olindi.
Qotil-enaga G. Boboqulova Presnya tumani sudi qarori bilan 29 aprelga qadar hibsga olindi. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston jurnalistlari Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini Moskvada sodir etilgan vahshiy qotillik yuzasidan tergov ishlarini sinchkovlik bilan olib borishga chaqirishmoqda. Ular fikriga koʻra, ushbu jinoyat zamirida millatlararo nizoni keltirib chiqarish maqsadi yotgan boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. “Matbuot sohasida ishlaganimiz uchun Moskvada sodir etilgan jinoyat haqida birinchilardan boʻlib xabar topdik va larzaga keldik. Ammo, bizni jinoyat sodir etgan ayol taqdiri emas, balki, Rossiyada ishlab yurgan oʻzbeklar taqdiri koʻproq oʻylantirdi. Bu jinoyat Oʻzbekistonda yashab, mehnat qilayotgan migrantlar taqdiriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, degan xayolga bordik", dedi jurnalist.

Rossiya politsiyasi xodimi. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskvadagi shov-shuvli jinoyat: yollanma enaga vahshiylarcha qotillikda ayblanmoqda

Oʻzbekistonlik OAV xodimi fikriga koʻra, Boboqulova bu mudhish jinoyatga shunchaki qoʻl urmagan. "Aqli-xushi joyida boʻlgan, ayol, ayniqsa, oʻzbek ayoli bu kabi qabihlik — jajji bolani vahshiylarcha oʻldirishga qoʻl urmaydi. Fikrimizcha, jinoyatchi kuchli ruhiy oʻzgarishni keltirib chiqiradigan narkotik modda isteʼmol qilgan boʻlishi mumkin yoki… Nima boʻlgan taqdirda ham, farzandi bor ayol bunday mudhishlikka qoʻl urishi mumkin emas!

Biz, Rossiya huquq-tartibot organlari ushbu jinoyat yuzasidan tergov ishlarini sinchkovlik bilan olib borishlarini xohlaymiz. Qotillikni amalga oshirishdan maqsad nima boʻlgan? Buning tagiga, albatta, yetish kerak. Jitnoyatchi esa — jazoga loyiq”, — dedi matbuot vakili.

Eslatib oʻtamiz, 29-fevral kuni Moskva shahri “Oktyabrskoye pole” metrosi stantsiyasida qoʻlida yosh bola boshini ushlab olgan ayol qoʻlga olindi. Guvohlarning soʻzlariga qaraganda, ayol “Allohu akbar!” deb baqirib, atrofdagilarni hozir oʻzini portlatib yuborishi bilan qoʻrqitgan. Shu bois uning yoniga borishga hech kim jurʼat etmagan.

Oradan uzoq vaqt oʻtmay, ayol politsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Metro atrofida portlovchi modda aniqlanmagan. 

Maʼlum boʻlishicha, 1977 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova Moskva shahridagi Narodnoye opolcheniye koʻchasidagi koʻpqavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi oilada enaga boʻlib ishlagan. Taxminlarga koʻra, ayol qizchaning ota-onasi uydan chiqib ketishlarini kutgan va shundan soʻng qizchani oʻldirib, kvartiraga oʻt qoʻygan va telbanamo ahvolda koʻchaga chiqib ketgan. Yongʻin oʻchirilgach, qizaloqning boshsiz tanasi aniqlangan(ilk ekspertiza xulosalariga koʻra, qizaloq avval boʻgʻib oʻldirilgan va shundan soʻng boshi tanasidan judo qilingan boʻlishi ham mumkin).

Hibsga olingan qotil-enaga Gulchehra Boboqulova - Sputnik Oʻzbekiston
Qotil-enaga “Alloh buyrugʻi bilan” jinoyatga qoʻl urganini aytdi

Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmatiga qoʻngʻiroq qilganimizda, Moskva shahrida oʻzbekistonlik ayol tomonidan sodir etilgan mudhish jinoyat haqida Rossiya internet resurslari orqali xabardor boʻlishgani haqida maʼlum qilishdi. Jinoyatda ayblanayotgan ayol bilan bogʻliq savollarga izoh berishmadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala