Sky News ID jangarilarining 22 ming shaxsiy anketalarini qo‘lga kiritganini xabar berdi

© AP Photo / FileBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telenakal qo‘lga kiritgan anketalarda jangarilarning “tranzit mamlkakatlari”, “oldingi tajribasi”, “tavsiya bergan odam” kabi ma’lumotlar, maxsus xizmatlar uchun “oltin koni” bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Sky News telekanali qo‘lga kiritgan “Islom davlati” jangarilarining shaxsiy anketalari, maxsus xizmatlar uchun “oltin koni” bo‘lishi mumkin, dedi Britaniyaning MI-6 razvedka xizmati Terrorchilikka qarshi kurash bo‘limining sobiq boshlig‘i Richard Barrett, RIA Novosti xabariga aosoan.

Biroz oldin Britaniyaning Sky News telekanali 22 ming ID jangarilarining shaxsiy anketasini qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edi. Anketalarda jangarilarning ismi sharifi, manzili, oilasi, telefon nomerlari haqida ma’lumotlar bor. Ushbu ma’lumotlar saqlangan fleshkani IDning sobiq jangarilaridan bir telekanalga bergan. Terrorchilar 51 mamalkat vakillari bo‘lib, ularning har biri IDga qo‘shilish uchun 23 savolga javob berib o‘zi haqida to‘liq ma’lumot xabar qilgan.

“Bu ko‘pchillikka “oltin koni” bo‘lishi mumkin, ayniqsa maxsus va razvedka xizmatlari uchun”, — dedi sobii razvedkachi Barrett. Jangarilar haqida eng qiziq ma’lumotlar “tranzit mamlkatlari”, “oldingi tajribasi”, “tavsiya bergan odam” va “alohida hunarlari” bo‘limlarida topish mumkin.

Barretning fikricha bu 2007-yilda IDning 700 jangarisi  haqida ma’lumotga ega bo‘lgan “Sinjar yozuvlari” topilganidan keyin ikkinchi katta topilma dedi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra hozirgi vaqtda jiddiy axborot urushi olib borilmoqda va ushbu hujjatlar IDga qarshi kurash uchun samarali qurol bo‘lishi mumkin.

“Islom davlati” terrorchilik guruhi hozirgi vaqtda dunyo tinchligiga tahdid solayotgan eng katta xavflardan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi uch yil davomida terrorchilar Iroq, suriya va Shimoliy Afrika va Liviya hududida katta maydonlarni egallab olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0