Navro‘z - bahor bayrami!

Obuna bo‘lish
Eng qadimiy bayramlardan biri bo‘lgan Navro‘z ming yillar davomida, bahoriy tengkunlik kuni - 21-martda nishonlanadi.

 

O‘zbekiston dunyonnig eng baxtli mamlakatlaridan biri bo‘lsa kerak, chunki bu yerda Yangi yilni ikki marta kutib olishadi. Yevropa odatiga ko‘ra 1-yanvarda va qadimiy milliy urf-odatlarga ko‘ra 21-martda. Navro‘z bayrami qadimdan tabiatning qishdan keyingi uyg‘onishining ramzi bo‘lgan.

Navro‘z fors tilidan “Yangi kun” deb tarjima qilinadi. Tarixiy manbaalarga ko‘ra, ushbu bayram haqida 7-asrlardan ma’lum. O‘shanda Ahamoniylar davrida Navro‘z hayot yangilanishi ramzi sifatida nishonlangan. Bu haqda Umar Hayomning “Navro‘znoma” kitobida hikoya qilingan.

Navro‘z, Yevropa Yangi yil bayramidan farqli ravishda, kunduz kuni nishonlanadi. Ushbu bayramni oila bilan birgalikda nishonlash odat bo‘lgan. Bayram kuni odatda odamlar ko‘m ko‘k dalalarda yoki tepaliklarda to‘planib xalq sayllari uyushtirishgan. Odatga ko‘ra, “bayram qanchalik xursandchilik bilan o‘tkazilsa, tabiat shunchalik saxiy bo‘ladi”,  deb ishonishgan.  

 

Yangiliklar lentasi
0