“O‘zbeknavo” sobiq rahbari Bahodir Abdurahimov vafot etdi

© Sputnik / Murad OrujovQizil atirgullar
Qizil atirgullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1992-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari, 2001-2008 yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

TOShKENT, 16-mart — Sputnik. O‘zbek milliy san’atining jonkuyari,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor Bahodir Abdurahimov 2016-yil 14-mart kuni 69 yoshida Namangan viloyatida vafot etdi, deyilgan estrada birlashmasining matbuot xizmati xabarida. 

Bahodir Abdurahimov “Mustaqillik” va “Navro‘z” bayram tadbirlarida  tashkiliy ijodiy guruh rahbari sifatida jonbozlik ko‘rsatgan. Jonkuyar rahbar, mehribon ustoz, kamtarin inson Bahodir Abdurahimovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Abdurahimov Bahodir Abdurahimovich 1948-yil 23-sentabrda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 1992-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari, 2001-2008 yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori lavozimlarida ishlagan. 

 

Yangiliklar lentasi
0