Toshkentda “Navro‘z” kuni yopiladigan ko‘chalar nomi e’lon qilindi

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»Toshkent ko‘chalarida
Toshkent ko‘chalarida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shahar hokimiyati xabariga ko‘ra, 21-mart kuni ertalab 6:00 dan 16:00 ga qadar Navro‘z bayrami tantanalari munosabati bilan Toshkentning – Bobur, Furqat, Olmazor va Sebzor ko‘chalarida vaqtincha avtomobil harakati to‘xtatiladi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentning markaziy ko‘chalarda kun davomida avtomobil harakati to‘xtatiladi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.

Toshkent shahar markazi dushanba kuni ertalab 6:00 dan 16:00gacha faqat piyodalar uchun ochiq bo‘lishi xabar qilinmoqda.

© Sputnik21 marta v Tashkente perekroyut sentralnie ulisi
21 marta v Tashkente perekroyut sentralnie ulisi - Sputnik O‘zbekiston
21 marta v Tashkente perekroyut sentralnie ulisi

 

Jumladan, 21-mart kuni "Bunyodkor" ko‘chasi "Muqimiy" chorrahasidan "Qoratosh" chorrahasigacha yopiladi. "Qoratosh" ko‘chasida esa “Samarqand Darvoza” yo‘l kesishmasidan "Bunyodkor" chorrahasigacha harakat to‘xtatiladi. "O‘zbekiston" ko‘chasi – "Bunyodkor" chorrahasidan "Olmazor" chorrahasigacha yopiladi.

“Navro‘z” bayrami tantanalari munosabati bilan "Bobur" ko‘chasi “O‘rikzor” chorrahasidan “Sharshara” chorrahasigacha piyodalar uchun ochiq bo‘ladi. “Beshog‘och” ko‘chasi “O‘zbekiston” chorrahasidan “Furqat” chorrahasigacha avtomobillar uchun yopib qo‘yiladi. “Furqat” ko‘chasida “Sharshara” chorrahasidan “Navoiy” chorrahasigacha harakat to‘xtatiladi.

Shuningdek, “Olmazor” ko‘chasi “O‘zbekiston” chorrahasidan “Beshog‘och” chorrahasigacha, “Baynalminal” ko‘chasi esa “Bunyodkor” chorrahasidan “Furqat” chorrahasigacha piyodalar uchungina ochiq bo‘ladi.

Shuningdek, ma’lumotlarga binoan, Davlat sirkiga olib boruvchi “Sebzor” va “Zarqaynar” ko‘chalarida tunelga kirish yo‘li yopib qo‘yiladi.

“Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan asosiy tantanalar, har doimgidek “Alisher Navoiy” nomidagi Milliy bog‘da bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida xalq sayllari bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0