O‘zbekiston IIV 261 nafar chet ellikni mamlakatdan chiqarib yubordi

Obuna bo‘lish
IIV xodimlari tomonidan uzoq vaqt chet elda bo‘lib O‘zbekistonga qaytgan 70 mingga yaqin fuqarolar“Tozalash – Antiterror” operatsiyasi doirasida ro‘yxatga olindi.

TOShKENT, 23 mar – Sputnik. 20 fevraldan boshlab o‘tkazilgan "Tozalash – Antiterror" operatsiyasi doirasida O‘zbekiston IIV 261 nafar chet ellikni mamlakat hududidan chiqarib yubordi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz nashri "Postda" gazetasidan olingan ma’lumot asosida.

Ko‘cha supuruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,2% ortdi

Tadbir doirasida militsiya xodimlari va “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi vakillari hamkorlikda ishlab-chiqarish korxonalari, savdo joylari va ko‘ngilochar maskanlarda tekshiruvlar o‘tkazildi va 37 mingta pasport-viza tartibi buzilishi holatlari qayd etildi.

IIV xodimlari tomonidan O‘zbekiston hududida noqonuniy yashab yurgan 261 kishi — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakat hududidan chiqarib yuborildi. Bundan tashqari, uzoq yillar davomida chet elda bo‘lib, O‘zbekistonga qaytgan 70 mingga yaqin fuqarolar ro‘yxatga olindi. Ularning aksariyati bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligi ta’kidlanmoqda.

"Umuman olganda, "Tozalash-Antiterror" tadbiri doirasida o‘tkazilayotgan tezkor-surishtiruv tadbirlari mamlakatdagi kriminogen muhitga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazmoqda", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0