Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchi qurbon bo‘ldi

© AP Photo / Seivan SelimSuriyadagi vaziyat
Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jangovor zobit ID qurshovida qolib, o‘zi turgan joyga zarba berishni so‘ragan.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya harbiy ofitseri Palmira yaqinida jangovor vazifa bajarish vaqitida qurbon bo‘ldi, deb xabar berdi “Xmeymim”dagi Rossiya harbiy bazasi vakili.

“Tadmor (Palmira) aholi punkti yaqinida, maxsus topshiriq bajarish vaqtida, Rossiya maxsus kuchlari ofitseri qurbon bo‘ldi. Ofitser ushbu hududda bir hafta davomida, Havo-kosmik kuchlari aniq zarba berishi uchun, IDning muhim obyektlari koordinatalarini aniqlash bo‘yicha, maxsus topshiriq bajargan”, — dedi Rossiya harbiy bazasi vakili.

Uning aytishicha, harbiy xizmatchi, ID jangarilari qurshovida qolgach, o‘zi turgan joyga zarba berishni so‘rab, qahramonlarcha qurbon bo‘lgan.

Rossiya HKK 20-23 mart kunlari Palmira yaqinida 41 parvoz amalga oshirib terorchilarning 146 harbiy obyektiga zarba berishgan. 320 dan ziyod jangari, olti boshqaruv punkti, besh tank, olti artilleriya moslamasi ikki qurol-yarog‘ ombori va o‘n besh avtomobilini yo‘q qildi.

Yangiliklar lentasi
0