Dunyoda

OAV: Erdoʻgʻon Turkiyada mustaqil matbuot vakillari hech qachon taʼqib qilinmaganini taʼkidladi

© AFP / Adem AltanTurkiya prezidenti oyib Erdoʻgʻon
Turkiya prezidenti oyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
CNN telekanali boshlovchisi Kristina Amanpurning Turkiyada mustaqil OAV xodimlari nima sababdan doimo taʼqib qilinadi, degan savoliga, Erdoʻgʻon, “Turkiya hukumati hech qachon matbuot erkinligiga qarshi urush olib bormagan”, deya javob qaytardi.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon “Turkiya hukumat OAV soʻz erkinligiga qarshi urush olib bormaydi, balki, matbuotning qonunga xilof hatti-harakatlariga qarshi kurashadi”, deya bayonot qildi.
CNN telekanali boshlovchisi Kristina Amanpur Turkiyada oxirgi vaqtlarda mutsaqil OAV xodimlari bilan bogʻliq mojarolarni misol keltirgan holda Erdoʻgʻonga shunday savol bilan murojaat qildi: “Demokrat, islohotchi singari yuksak obroʻga ega boʻla turib, nima uchun “soʻz erkinligiga qarshi urush olib bormoqdasiz?”.

"Matbuot bilan urush olib boradigan ahvolda emasman. Keling, matbuotga qarshi urush deganda nima nazarda tutilishini belgilab olaylik. Mening mamlakatimda qonunlar joy-joyida. Agar matbuot vakili yoki gazeta rahbari josuslikka aralashib qolgan boʻlsa, va davlat sirini butun dunyo boʻylab yoyib yurgan boʻlsa, unda mojaro, oʻz-oʻzidan sudga koʻchiriladi. Qonunga xilof harakatlar uchun oʻziga yarasha toʻlov mavjud. Dunyoning istalgan nuqtasida xuddi shunday qilinadi. Turkiyada esa, na men, na hukumat, matbuot erkinligiga toʻsiq boʻladigan birorta harakatni amalga oshirganimiz yoʻq", — dedi Erdoʻgʻon shanba kuni bergan intervyusida.

Turkiya prezidenti, shuningdek, mamlakatda kasbiy faoliyati tufayli hibsga olingan birorta jurnalist yoʻqligi haqida qoʻshimcha qildi. “Hibsga olinganlar orasida oʻzini “jurnalistman”, deb atayotganlar esa, sudda “Qurdiston Ishchi partiyasi” terrorchilik uyushmasi aʼzosi sifatida qatnashmoqda”, dedi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala