Hodisalar

Bangladeshda soʻnggi 14 oy ichida 6 nafar jurnalist oʻldirildi

© AP Photo / 221497782787Bangladeshda ID tomonidan jurnalistlar oʻldirilishiga qarshi miting
Bangladeshda ID tomonidan jurnalistlar oʻldirilishiga qarshi miting - Sputnik Oʻzbekiston
Yevronyus, Irna, Haqqin va boshыa bir necha OAVlar xabariga koʻra, ushbu mudhish qotilliklar ID tarafdorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Turli OAVlarda xabar berilishiga koʻra, Bangladeshda oxirgi 14 oy davomida 6 faol jurnalist oʻldirilgan, Yevronyus, Irna, Haqqin va boshыa bir necha OAVlar xabariga koʻra, ushbu mudhish qotilliklar ID tarafdorlari tomonidan erkin fikrlovchi jurnalistlarni qoʻrqitish uchun amalga oshirilmoqda.

Dakka politsiyasi maʼlum qilishicha, 6 aprel kuni kechqurun Jagannat Universitetida jurnalistika yoʻnalishida magistr boʻlgan 26 yoshli Nazimuddin Samad uyiga qaytayotganda uch —toʻrt kishi tomonidan qurshab olingan. Qotillar dastlab Samadga pichoq sanchgan va soʻngra otib ketishgan, kun.uz xabariga asosan.

"Jinoyatchilar mototsikllarda voqea joyidan qochib ketgani sababli hech kim mazkur ish boʻyicha qoʻlga olinmagan", —dedi Dakka politsiyasi vakili.

Bangladeshlik talabalar, ushbu vahshiyona qotillikka oʻz munosabatlarini bildirish maqsadida namoyishlar oʻtkazgan.

Qayd etilishicha, Samadning oʻldirilishi mamlakatda keyingi 14 oy ichida oltinchi jurnalistning oʻldirilishi boʻldi. Ushbu qotillik aksar aholisi musulmonlar boʻlgan mamlakatda erkin fikrlovchi jurnalistlarga qarshi kurash, qoʻrqitish va ularga tahdid qilish usullaridan biridir.

Bangladesh konstitutsiyasida Islom dini davlat dini sifatida qayd etilgan boʻlsada, dunyoviylik qoidalari ham qoʻllab-quvvatlanadi. Samadning tanishlaridan biri Imron Sarkarning aytishicha, Nazimuddin erkin va dunyoviy fikrlovchi faol xodimlardan biri boʻlgan.

"U, diniy fundamentalizm, urush jinoyatlari, korruptsiya va ayollar huquqlari poymol etilishini fosh etuvchi maqolalar muallifi edi",-deydi Imron Sarkar.

AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner oʻz navbatida, Samadning oʻldirilishini "vahshiylik" sifatida baholab, Vashington terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashda Bangladesh hukumatiga yordam berishda davom etishini taʼkidlagan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala