Dunyoda

Patrushev Oʻzbekistonlik hamkasabasi bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRossiya Xavfsizlik xizmati kotibi Nikolay Patrushev
Rossiya Xavfsizlik xizmati kotibi Nikolay Patrushev - Sputnik Oʻzbekiston
Nikolay Patrushev Toshkentda 14 aprelda boʻlib oʻtadigan SHHT mamlakatlari Xavfsizlik Kengashi kotiblari uchrashuviga qatnashish uchun keldi.

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikoay Patrushevning va Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabariga koʻra.

Uchrashuvning asosiy mavzulari yozda Toshkentda oʻtkazilishi kerak boʻlgan SHHT kengashi va hududdagi xavfsizlik masalalari boʻldi. Undan tashqari, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki tomonlama va SHHT doirasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

“Uchrashuvda ikki davlatning SHHT doirasida oʻzaro hamkorligiga, Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Sammit va Oʻzbekistonning mazkur tashkilotga raisligi davridagi boʻlajak boshqa tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi”, — deyilgan xabarda.

Nikolay Patrushev Toshkentda 14 aprelda boʻlib oʻtadigan SHHT mamlakatlari Xavfsizlik Kengashi kotiblari uchrashuviga qatnashish uchun keldi. Uchrashuv kun tartibiga Afgʻonistondagi vaziyat va terrorchilikka qarshi kurash muammolari qoʻyilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala