Dunyoda uglevodorodlar narxi tushishi O‘zbekiston neft-gaz tizimiga ta’sir qilmadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishGazni qayta ishlash zavodi hududida
Gazni qayta ishlash zavodi hududida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston neftva gaz sohasining asosiy sarmoyadorlaridan biri bo‘lgan "LUKOYL" va bir qator Xitoy korxonalari o‘z majburiyatlarini kelishilganidek bajarmoqdalar. Bu yil O‘zbekiston barcha belgilangan loyihalarni yakunlaydi va yangilarni boshlaydi.

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston neft va gaz sanoati bugungi kunda dunyoda ugluvodorodlar narxi tushishidan hech qanday zarar ko‘rayotani yo‘q, dedi "O‘zbekneftegaz" vakili.

“Korxona xabariga ko‘ra, Respublikada oldin boshlangan barcha sarmoyali loyihalar muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. Chet el investorlari bo‘lsa o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmoqdalar. Undan tashqari respublikaning neft va gaz sohasi bu yil bir necha yangi loyihalarni boshlashni rejalashtirigan. Ular orasida gaz-ballon uskunanalari ishlab chiqarish zavodi qurilishi va “O‘zbekiston – Xitoy” gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘i qurilishi kabilar bor.

“Biz dunyodagi uglevodorodlar narxi tushishidan yirik salbiy ta’sir sezmayapmiz, chunki biz hamkorlik qilayotgan barcha investorlar, bu birinchi o‘rinda “Lukoyl” va bir necha Xitoy kompaniyalari o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmoqda. Shu bilan bir vaqtda, hamkorlarimizning Eron, Iroq va Afg‘onistondagi bir necha loyihalari “muzlatib” qo‘yilganidan xabardormiz. Bizning loyihalarimiz, jumladan “Qandim” gazni qayta ishlash majmuasi qurilish jadal davom etmoqda”, — dedi soha vakili.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston neft va gaz sohasining faol sarmoyadorlari bu – “Lukoyl”, “Gazprom”, “Petromaruz”, koreyaning “Samsung Engineering”, NK, GS Engineering & Construction Corporation, KyongDong Navien, Hyundai BS&C, va Xitoyning – CNPC, CNDC, Shandong Kerui Petroleum Equipment, va boshia kompaniyalar.

2016 yilda umumiy qiymati 624 million dollar bo‘lgan 9 yirik loyiha yakunlanishi rejalashtirilgan. Natijada respublikada 10 ta sertifikatlashtirilgan avtomomobillarga gaz-ballon o‘rnatish ustaxonasi, Quvvati 18MVt bo‘lgan gaz siqish kompressiya qilish stansiyasi va hokazolar. 

Yangiliklar lentasi
0