Siyosat

Lavrov: Gʻarb har borada Rossiyani ayblashga urinyapti

Gʻarblik hamkasblarimiz “Minsk kelishuvi”da Rossiya haqida bir ogʻiz ham tilga olinmaganini yaxshi bilishadi, shunday boʻlsa-da, ular baribir Moskvani aybdor qilishga urinmoqda, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiyaga qarshi Gʻarb sanktsiyalari ularning Kiyevga taʼsir koʻrsatishga ojizligini koʻrsatmoqda, deb bayonot qildi Rossiya Tashqi ishlar vaziri rahbari Sergey Lavrov Moʻgʻuliston TIVida maʼruza bilan chiqish qilar ekan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lavrov: Rossiya AQShning dushmanlik harakatlariga ayovsiz javob qaytaradi

"Biz Gʻarblik hamkorlarimizni ushbu sanktsiyalarni bekor qilishni soʻramaganmiz va soʻramaymiz ham, iltimos qilmaymiz, va bu borada munozaralar tashabbuskori boʻlmaymiz ham, — dedi Lavrov. — Ularning oʻzlari — biz bilan uchrashuvlarda ham, oʻzlarining omma oldidagi chiqishlarida ham ushbu mavzu haqida ogʻiz ochib, asabiylashishni boshlashadi, va "Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga keladigan boʻlsak, Moskva “Minsk shartnomasini” bajarishi bilan sanktsiyalar bekor qilinadi” deb takrorlashadi har safar.

"Bu bir vaqtning oʻzida ham ularning xohishi, ham ojizligidan nishona. Gʻarblik hamkorlarimiz Minsk kelishuvida Rossiya haqida umuman tilga olinmaganini yaxshi biladilar, ammo har bir boʻlimda Ukraina rahbariyati oldida turgan masalalar va bu masalalar bajarilishi lozim boʻlgan muddat keltirib oʻtilgan”, — dedi Lavrov.

"Gʻarblik hamkorlarimiz ayni vaqtda Kiyevdagilarni vaʼdaga vafo qilishga oʻrtaga olmasliklarini tushunib yetdilar, — deb taʼkidladi Rossiya TIV rahbari. — Shu bois, bor aybni Rossiyaga agʻdarmoqchi boʻlyaptilar". Natijada, Kiyev "vaʼdani bajarmaslikda davom eting, natijada sizlar emas, Rossiya jazolanadi", degan signal olmoqda.

"Ular qahrdan tushishini sanktsiyalarni bekor qilib, biz bilan hamkorlikni tiklashini kutib yashash mutlaqo nomaqbul”, — deb taʼkidladi Lavrov.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala