Sport

Oʻzbekiston va Rossiya boksda bellashadi

© worldseriesboxing.comWSB, Uzbek Tigers Astana Arlansga qarshi
WSB, Uzbek Tigers Astana Arlansga qarshi - Sputnik Oʻzbekiston
Umujahon Boks Seriyasi (WSB) musobaqalarida D-guruhda ikkinchi oʻrinni egallagan “Uzbek Tigers” jamoasi bokserlari S-guruhda birinchi oʻrindagi “Rossiya Bok Jamoasi” bilan uchrashadi. Uchrashuv 22-23 aprelda Ulyanovsk shahrida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya jamoalari Umujahon Boks Seriyasi (WSB) musobaqalarining yarim finalida 22-23 aprel kuni Ulyanovsk shahrida uchrashuv oʻtkazishadi, bu haqda "R-sport”ga Rossiya milliy jamoasi murabbiyi Ivan Shidlovskiy xabar berdi.   

“Uzbek Tigers” jamoasi D-guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi. Rossiya jamoasi esa olti musobaqada gʻolib chiqib S-guruhdi birinchilikni egalladi. Umujahon Boks Seriyasi (WSB) musobaqalarining dastlabki boschiqida 16 mamlakat jamoalari qatnashdi.

Yarim final musobaqalarida Kuba, Meksika, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozogʻiston va Venesuela jamoalari ishtiriok etadi.

Umujahon Boks Seriyasi (WSB) — bu xalqaro yarim professional (yoki yarim havaskor) boks assotsiatsiyasi boʻlib AIBAga qarashli. WSBning odatiy havaskor boksdan farqi – bokserlar ochiq gavda va bosh kiyimsiz kurashadi. WSB gʻ olimpiada sport turiga kiradi.

Aytib oʻtish kerak-ki, Oʻzbekiston jamoasi ushbu musobaqalarda birinchi marta ishtirok etmoqda. Shunga qaramasdan jamoa oʻzini yaxshi namoyish qilishga ulgurdi. Jamlhoa tarkbida tajribali va xalqaro ringlarda bir necha unvonlarga sazovor boʻlgan bokserlar bor. 

Rossiya jamoasi esa ushbu turnirda olti yillik tajribaga ega. Oʻtgan yillarda Rossiya jamoasi bir kumush va ikki bronza medali olishga sazovor boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala