Dunyoda

AQShning Rossiyaga qarshi “gibrid urushi” ochiq bosqichga oʻtdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRossiya Tergov Qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrыkin
Rossiya Tergov Qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrыkin - Sputnik Oʻzbekiston
Mamlakatlar orasidagi raqobat turli sohalarda davom etmoqda, lekin oxirgi yillarda “gibrid urush” ochiq bosqichga oʻtdi, deydi Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrыkin.

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. Oxirgi oʻn yil davomida Rossiya va yana bir necha mamlkatlar AQSH va uning ittifoqdoshlari boshlagan “gibrid urush” taʼsiri ostida, deyti Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrыkin, RIA Novosti Kommersantʼ-Vlast gazetasiga asosan.

Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Gʻarb mamalkatlari Rossiyaga qarshi “valyuta urushlari” olib borayotganini ham aytib oʻtdi. Bastrыkinning soʻzlariga qaraganda “AQSH dollar oqimlarini u yoki bu tomonga boshqarib, rivojlanayotgan mamalkatlar valyutalari qadrsizlantirmoqda”. Buning oldini olish uchun sarmoyalarning chegaralar aro harakatini nazorat ostiga olishdir.  

Undan tashqari, Aleksandr Bastrыkin AQShning Rossiya atrofida joylashgan mamlakatlarda “demokratiyani rivojlantirish dasturlari”ga xarajatlari oshganiga ham eʼtibor qaratdi. Bastrыkinning fikriga koʻra, aslida gap Rossiyaga qarshi “mafkuraviy qurol” haqida ketmoqda, kelajakda u Rossiyaga qarshi kayfiyatlar koʻtarish uchun ishlatilishi mumkin.  

AQSH va Rossiya munosobatlari 2014 yilda Ukrainadagi vaziyat tufayli yomonlashdi. 2014 yil oxirida Yevropa Ittifoqi va AQSH Rossiyaga qarshi bir qator sanktsiyalar kiritdi. Bunga javoban Rossiya ham sanktsiyaga qoʻshilgan mamlakatlardan importni taʼqiqlab qoʻydi. Oʻtgan yilda ushbu sanktsiyalar muddati uzaytirilganidan keyin, Rossiya ham ularni 2016 yilning 5 avgustiga qadar uzaytirdi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala