Jamiyat

Bugun Vladimir Putin Oʻzbekiston elchisining ishonch yorligʻini qabul qiladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishMoskva, Kreml, Katta Kreml saroyi
Moskva, Kreml, Katta Kreml saroyi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi Bahrom Ashrafxonov Moskvadagi Oʻzbekiston diplomatik missiyasini 2016 yilning fevralidan buyon boshqarmoqda.

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonning Rossiyadagi  elchisi Bahrom Ashrafxonovning va yana boshqa mamalkatlarning 15 elchilarining ishonch yorligʻini qabul qiladi, Kreml matbuot xizmati xabari asosida.   

"2016 yilning 20 aprelida Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V. Putin bir necha chet el elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qiladi. Marosim odatdagidek Katta Kreml saroyining Aleksandr zalida boʻlib oʻtadi”, — deyilgan xabarda.  

Marosimda 16 mamlakatdan kelgan yangi elchilar qatnashadi. Ular orasida Oʻzbekiston, Moldova, Tailand, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Boliviya, va Gabon respublikalari bor.  

Yangi kelgan elchilar qatorida Hindiston, Urugvay, Avstraliya, Pokiston, Mongoliya, Qirgʻiziston, Indoneziya va boshqalar ham bor.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala