TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Tergov Qo‘mitasi xabariga ko‘ra 2016-yilning 2-aprelida Moskva viloyatining Dmitrov tumani Ozeresk qishlog‘ida, “Lyube” guruhi bas-gitarachisi Pavel Usanov tumanda yashovchi 38 yoshli Maksim Dobriy bilan janjallashib qolgan. Janjalda Dobriy Usanovning boshiga urgan.
Zarba natijasida musiqachi hushsiz holda Moskvadagi Sklifasovskiy kasalxonasiga yotqizilgan edi. 19-aprel kuni musiqachi hushiga kelmay olamdan o‘tdi.
Bu ataylab qilingan og‘ir jinoyatligi kundek ravshan. Tergovchilar to‘liq va obyektiv tekshirish o‘tkazishiga hech qanday shubha yo‘q. Jinoyat sabablari va tafsilotlari o‘rganiladi va aybdor qonunda belgilangan jazoga tortiladi, — deyilgan Tergov Qo‘mitasi xabarida.
Pavel Usanovning o‘limi tufayli Rossiya Tergov Qo‘mitasi ayblanuvchiga qo‘yilgan jazo moddasini “sog‘lig‘iga qattiq zarar yetkizish va ehtiyotsizlikdan o‘limga sabab bo‘lish” moddasiga o‘zgartirildi. Ushbu modda bo‘yicha ayblanuvchi 15-yil qamoq jazosi olishi mumkin.