O‘zbekiston TAPI va Nabukko loyihalariga qo‘shilishni rejalashtirmagan

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMagistral gaz o‘tkazish tizimi bo‘lagi
Magistral gaz o‘tkazish tizimi bo‘lagi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston neft va gaz sanoatining eksport vazifalarini Sharqiy hamda Rossiya yo‘nalishidagi gaz quvurlari amalga oshirmoqda. Respublika Xitoy yo‘nalishida eksportni rivojlantirish niyatida.

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston milliy gaz transport tizimini Nabukko va TAPI loyihalariga ulashni rejalashtirmagan, dedi “O‘zneftegaz” vakili Sputnik muxbiriga.  

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, hozirgi iqtisodiy vaziyatda, neft va gaz sohasining bir necha ustuvor yo‘nalishlari bor. Masalan, suyultirilgan uglerodli gaz ishlab chiqarish hajmini oshirish.

Xalqaro gaz uzatish tizimlariga ulanish masalasiga kelsak, yaqin kelajakda asosiy faoliyat, sharqiy yo‘nalishda – Xitoy tomonga qarab olib boriladi. Gap “O‘zbekiston – Xitoy” to‘rtinchi gaz qurvuri qurilishi haqida ketmoqda.  

“Biz hozircha TAPI va Nabukko loyihalariga qo‘shilishni rejalashtirganimiz yo‘q. Bizning eksport imkoniyatlarimiz Sharqiy va Rossiya yo‘nalishida bo‘lgan gaz quvurlari orqali to‘liq ishlatilmoqda. Kelajakda Xitoy yo‘nalishidagi oqimlarni kengaytirmoqchimiz. Rejalashtirilayotgan to‘rtinchi gaz quvuridan o‘zbek gazi emas boshqa mamlakat gazi o‘tadi”, — dedi kompaniya vakili.  

TAPI loyihasi Turkmaniston gazini Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonga yetkizib berishi kerak. Uni ishga tushirish 2017-yilga mo‘ljallangan.

Nabukko loyihasi esa Turkmaniston va Ozarbayjon gazini Yevropa Ittifoqi mamalkatlariga, asosan Avstriya va Germaniyaga yetkizib berishni ko‘zda tutgan. Uning quvvati yiliga 32 mlrd kubometrni tashkil qiladi.  

“O‘zbekneftegaz” quvvati yiliga 60-70 milliard kubometr gaz qazib olish imkonini beradi. 2020-yil oxirigacha kompaniya bir necha loyihalarni o‘zlashtirishni rejalashtirigan. Buning natijasida gaz qazib olish quvvati 8,5 mlrd kubometrga, transport qilish quvvati 21 milliardga va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvati 361 ming tonnaga oshadi.

Yangiliklar lentasi
0