Hodisalar

AQSH desantchilari uch zirhlangan mashinani samolyotdan tashlab yuborishdi

© Aleksandr Kopыsov"Xammer" avtomobili
Xammer avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston
Germaniyaning Xoenfels shahri yaqinida oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari vaqtida AQShning 173 havo-desant boʻlinmasi uch zirhlangan mashinasidan samolyotdan yerga qulab tushishi videolavhasi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. AQShning 173 havo-desant boʻlinmasi, samolyotdan parashyut bilan tashlash vaqti uch zirhlangan  Xammerdan (Humvee) ayrildi, RIA Novosti Tactical Air Network xabariga asosan.

Zirhlangan avtomobillar Germaniyaning Xoenfels shahri yaqinidagi AQSH harbiy bazasida samolyotdan desant qilinayotgan vaqtda parashyutining ipi uzilib ketgan va mashinalar toʻgʻridan-toʻgʻri kelib yerga urilgan. Ushbu poligonda AQSH ittifoqchi davlatlar harbiylari havo desanti va tank manyovrlari mashgʻulotlari oʻtkazib turishadi, deydi Foxtrot Alpha blogi.

AQShning 173 chi havo-desant boʻlinmasi Yevropada eng jangga qobiliyatli boʻlinma hisoblanadi va doimiy ravishda Sharqiy Yevropa hududidagi harbiy oʻquv mashgʻulotlarida qatnashib keladi.

Ushbu boʻlinma instruktorlari Litva, Latviya va Ukraina askarlarini tayorlash bilan shugʻullanib keladi.

AQSH instruktorlari ushbu mamalkatlarda boʻlgan vaqtlarida oʻzlarining  gʻayrioddiy xulq-atvori bilan jamoat nazariga tushishgan edi. Ular jamoat joylarda betartiblik uyushtirish, aroq ichib tartib qoidani buzish kabi ishlarni amalga oshirgan. Latviyada AQSH dengizchilari oʻzlarini shu kabi “yaxshi tomondan” koʻrsatishganidan keyin Ventspils shahri meri Ayvars Lembergs ular oʻzlarini “toʻngʻizdek” tutdi, — degan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala