Siyosat

“Markaziy Osiyo-Fors koʻrfazi” koridorini yaratish boʻyicha bitim kuchga kirdi

© Sputnik / Oleg Mineyev / Mediabankka oʻtishChegarada turgan furalar
Chegarada turgan furalar - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari va Fors koʻrfazi hamda Ummon dengizi portlari oʻrasidagi tovarlarni uzluksiz tashishga va tranzit uchun ishonchli transport yoʻlagini yaratishga yoʻnaltirilgan.

TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. 2016-yilning 23-aprel kuni 2011-yil 25-aprelda imzolangan Eron Islom Republikasi, Ummon Sultonligi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi xalqaro transport va tranzit yoʻlagini yaratish toʻgʻrisidagi Bitim (Ashxobod Bitimi) kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Tashqi Ishlar Vazirligi matbuot-xizmati.

"Hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari va Fors koʻrfazi hamda Ummon dengizi portlari oʻrasidagi tovarlarni uzluksiz tashishga va tranzit uchun ishonchli transport yoʻlagini yaratishga yoʻnaltirilgan. Bitim transport harajatlarini optimallashtirish maqsadida yuklarni tashish tezligini oshirishga, shuningdek rasmiy hujjatlar va tartib qoidalarni osonlashtirish va uygʻunlashtirishga imkon yaratadi", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0