Vladimir Putin Islom Karimovni Kremlda kutib oldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun 25-aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifi bilan Moskvaga keldi. Vladimir Putin Islom Karimovni Kremlda kutib oldi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifi bilan Moskvaga keldi. Vladimir Putin Islom Karimovni Kremlda kutib oldi.

Jurnalistlar oldida prezidentlar bir-birlarini samimiy qutlab qo‘l berib salomlashishdi.

Oldinroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun uchrashuvining norasmiy qismi va prezidentlarning birgalikdagi tushligi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi.

Uchrashuvning rasmiy qismi, muzokaralar, hujjatlarni imzolash esa — ertaga 26-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0