O‘zbekistonda pensiya olish uchun eng kam ish faoliyati 5-yildan 7-yilga oshirildi

Obuna bo‘lish
Qonunga ko‘ra, yetarli mehnat faoliyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga yosh nafaqasi mavjud bo‘lgan mehnat stajiga qarab belgilanadi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2016-yil 1-iyulda boshlab “Fuqarolarni nafaqa bilan ta’minlash haqidagi” qoununga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, nafaqa olish uchun kerak bo‘ladigan eng kam mehnat faoliyati 5-yildan 7-yilga oshirildi, deyilgan mahalliy nashda e’lon qilingan qonunda.     

Qonunga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar Oliy Majlis tomonidan taklif qilingan bo‘lib Senat tomonidan mart oyining oxirida tasdiqlangan edi.

Qonunga ko‘ra, yetarli mehnat faoliyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga yosh nafaqasi mavjud bo‘lgan mehnat faoliyatiga qarab belgilanadi.

Hozirgi vaqtda nafaqaga chiqish uchun kerak bo‘ladigan mehnat faoliyati erkaklar uchun 25-yil, ayollar uchun 20-yilni tashkil qiladi. O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunlarga ko‘ra. erkaklar 60 yoshda, ayollar 55 yoshda nafaqaga chiqish huquqiga ega.

Rasmiy statistika ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 31,5 million kishini tashkil qildi. Ulardan 2,8 million kishi – nafaqaxo‘r. HelpAge International xalqaro xayriya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekistonda nafaqaxo‘rlar aholining 8,8 % ni tashkil qiladi, 2050-yilga kelib esa ularning soni aholining — 20 %ni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0