Dunyoda

Erdoʻgʻon: Yevropa "himmat" yuzasidan Turkiya uchun vizani bekor qilgani yoʻq

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
"Hech kim Turkiyaga marhamat koʻrsatayotgandek harakat qilishga haqli emas. Vizaning bekor qilinishi muddati men Bosh vazir sifatida faoliyat yuritayotgan vaqtimda, 2016 yil oktyabrida eʼlon qilingan edi", deya taʼkidladi Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik, Fedor Smirnov. Erdoʻgʻon Turkiya fuqarolari uchun iyun oyi oxirida Yevropa davlatlariga vizaning bekor qilinishi Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyaga qilingan marhamat emas, deya taʼkidladi, RIA Novosti xabari asosida.

YEI bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yevropa va Turkiya migrantlar bilan oʻzaro almashishga kelishib oldi

YEI aʼzo-davlatlari va Turkiya Bosh vaziri 18 mart kuni Turkiya orqali Misrga kirib kelgan nolegal migrantlarni ortga qaytarish hamda suriyalik qochqinlarni Turkiya hududida olib qolish haqida kelishuv imzolandi. Buning evaziga, Yevropa Ittifoqi Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilishga hamda 6 milliard yevro moliyaviy yordam ajratishga vaʼda bergan edi.

"Hech kim Turkiyaga himmat koʻrsatayotgandek harakat qilishga haqli emas. Vizaning bekor qilinishi muddati men hali Bosh vazir boʻlib faoliyat yuritayotgan vaqtimda — 2016 yil oktyabr oyida maʼlum qilingandi. Qanday qilib bBu muddatning toʻrt oyga kechiktirilishini xuddi yon berishdek koʻrsatish mumkin?”, dedi Erdoʻgʻon Xorvatiyaga uyushtirgan tashrifi chogʻida. Uning soʻzlaridan Hurriyet nashri iqtibos keltirgan.

Erdoʻgʻon shuningdek, YEI qoʻyayotgan talablarni ham tanqid ostiga oldi. (Yevropa Ittifoqi Turkiyadan qochoqlarni qabul qilishi uchun ajratiladigan 6 milliard yevro nimalarga sarflanishi haqida hisobot talab qilgan edi.)
"Men tushunmayman, nima uchun Turkiyadan qandaydir loyihalarni taqdim etishni soʻrashayapti? (Germaniya kantsleri Angela) Merkel Nizipga kelib (Gʻaziantepa provintsiyasidagi qochqinlar lageri – tahr.) biz nima ishlarni amalga oshirganimizni tomosha qildi. Bizdan yana qanday loyihalarni kutishyapti? Hech kim loyihalar bahonasida bizni aldashga urinmasligi kerak", — qoʻshimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala