Medal o‘z egasining avlodlarini qidirmoqda

© © Sputnik/ Vera DashkevichAnvar Safarovning "jasorat uchun" medali
Anvar Safarovning jasorat uchun medali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belorussiyalik qidiruvchilar uch yildan beri O‘zbekistonlik razvedkachi oila a’zolarini qidirmoqda. Unga tegishli bo‘lgan “Jasorat uchun” medali Brest yaqinida topilgan.

 

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Belorussiyaning Brest shahrilik qidiruvchilar “Buyuk g‘alaba birdamlik bilan topilgan”forumi davomida O‘zbekistonlik iztoparlar bilan aloqa o‘rnatmoqchi, dedi “Qaytarilgan ismlar” otradi rahbari Petr  Pisko.  

“Qidiruvning asosiy qismi rasmiy davlat organlari orqali emas, tashabbuskorlar yordami bilan o‘tkaziladi, dedi Pisko.

Pisko O‘zbekistonlik qidiruvchilargi razvedkacha Anvar Safarov haqida so‘zlab bermoqchi.  Ma’lum bo‘lishicha, Safarov ushbu mukofotini Odessa uchun bo‘lgan janglarda olgan. Odessada u yarador bo‘lgan va gospitalga yotqizilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Uning ismi Odessadagi yodgorlikda yozilgan.  

Safarovning medali bo‘lsa u xizmat qilgan harbiy qismiga yuborilgan. Safarov  kasalxonada yotgan vaqtida uning harbiy qismi Brest ostonasiga yuborilgan. 1944-yil 28-iyulda Safarov xizmat qilgan qism Brestni ozod qilishda qatnashgan. Ayni shu vaqtda shtab bombardimon qilingan va qahramonning medali yo‘qolib qolgan bo‘lishi mumkin, — deydi Pisko.   

Iztoparlar Toshkentda Anvar Safarovning qarindoshlarini qidirib topisha olmagan. O‘zbekiston harbiy qo‘mitasiga yuborilgan so‘rov ham natija bermadi. Endi iztoparlar o‘zlarining Toshkentdagi hamfikrlaridan umid qilmoqda.

“Buyuk g‘alaba birdamlik bilan topilgan”xalqaro forumiMinskda bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, MDH davlatlari, Boltiq davlatlari va Gruziyadan iztoparlar qatnashmoqda. Qatnashchilar orasida Urush veteranlari, tarixchi olimlar, siyosatchilar, davlat rasmiy hukumati vakillari va yoshlar qidiruv tashkilotlari a’zolari bor.

 

Yangiliklar lentasi
0