Hodisalar

Odessaga “Azov” batalonining 300 jangchisi yetib keldi

© Sputnik / Aleksandr Poliщuk / Fotobankka oʻtishOdessadagi tartibsizliklar
Odessadagi tartibsizliklar - Sputnik Oʻzbekiston
IIV xabariga koʻra, namoyishchilar tajovuzkorona harakat qiladigan boʻlsa - huquqni saqlash organlari vakillariga qurol ishlatish huquqi berilgan.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Odessaga Mariupoldan “Azov” bataloni jangarilari yetib keldi, deb xabar berdi Mixail Saakashvili oʻzining Facebookdagi sahifasida.

"Ukrainskaya pravda" nashri oldinroq milliy gvardiyachilar Odessaga yigʻilib kela boshlaganini xabr bergandi. Ularda yengil zirhlangan mashinalar borligi ham xabar qilingan edi. Jangchilar “Azov” bataloni aʼzolari ekanligi taʼkidlanmoqda.

“300 kishi allaqachon yetib keldi, yaqin orada qolganlarni kutayapmiz”, — deb vaziyatga izoh berdi Odessa gubernatori Saakashvili.

Ukraina IIV xabar berishiga koʻra, huquqni saqlash organlari vakillari namoyishchilarning tajovuzkorona harakati vaqtida qurol ishlatish huquqiga ega. Vazir maslahatchisi Zoryan Shkiryakning soʻzlariga qaraganda, boʻlinmalar toʻliq  janggovor tayorgarlik holatiga keltirilgan.

“Azov” polki jangchilarining aytishiga qaraganda polk Odessaga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun kelgan. Shu bilan bir vaqtda polk vakili har qandar murakkab buyruqni bajarishga tayor ekanligini xabar qilmoqda.  

Biroz oldin Saakashvili, Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Odessaga qoʻshimcha mingga yaqin politsiya xodimlarini kiritish haqida boʻyruq berganini taʼkidlab oʻtgan edi. Keyinroq esa, Zoryan Shkiryak ushbu gaplarni bekor deb, “vahimani bas qilishga” chaqirgan edi.

Odessada vaziyat 2014 yilning 2 mayida boʻlib oʻtgan fojeaning ikki yilligi arafasida, murakkablashdi. Oʻshanda, yangi hukumatga qarshi boʻlgan namoyishchilar Kulikovo maydonida chodirlar tikib uzoq vaqt namoish oʻtkazishga kirishishdi. Keyinroq tinch namoyish janjalga aylanib ketdi. Hukumatga qarshi namoyishchilarning bir qismi Profsoyuzlar uyida yashirinishdi. Radikal millatchilar binoni oʻrab olib uni yoqib yuborishdi. Oqibatda 48 kishi qurbon boʻldi va 250 kishi jarohatlandi. Ushbu  ish yuzasida Ukrainada hali ham sud boʻlgani yuq. 

© Sputnik / Aleksandr Poliщuk / Fotobankka oʻtishBesporyadki v Odesse
Besporyadki v Odesse - Sputnik Oʻzbekiston
Besporyadki v Odesse

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala