Jamiyat

Moskvada qalbaki pasport va patent yasagan oʻrta osiyoliklar qoʻlga olindi

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishPasportlar
Pasportlar - Sputnik Oʻzbekiston
Hibsga olinganlarning barchasi Oʻrta Osiyo vakillari ekanligi taʼkidlanmoqda.

TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Moskva shahrida politsiyachilar tomonidan qalbaki pasportlar, haydovchilik guvohnomalari va ishga joylashish huquqini beruvchi patentlar savdosi bilan shugʻullangan oʻn bir jinoyatchi qoʻlga olindi. "Ishbilarmonlar"ning hammasi Oʻrta Osiyo vakillari, deb xabar qilmoqda Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Migrantlar - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyadagi oʻzbeklar hayoti: firibgarlar patent muammosiga yechim topdi

"Poytaxt politsiyachilari, shuningdek, Federal Migratsiya Xizmati(FMS)ning Moskva shahri va hududiy boʻlinmalari xodimlari, hamkorlikda oʻtkazilgan operatsiya davomida 11 nafar Oʻrta Osiyo fuqarolarini qoʻlga oldilar. Hibsga olinganlarning barchasi hujjatlarni soxtalashtirish va sotishda gumon qilinmoqda”, — deb xabar qildi Volk.
IIV vakilining soʻzlariga qaraganda, huquqni muhofaza qilish xodimlari cheklarni bosmadan chiqaradigan uskuna, yigirmadan ziyod uyali aloqa telefonlari, yangi bosmadan chiqqan qalbaki pasportlar blanklari, migratsiya kartalari, tibbiy daftarchalar, hamda soxtaligi aniq koʻrinib turgan turli davlat pasportlari va haydovchilik guvohnomalarini ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyganlar.
Ekspertiza gumondorlarning birining patenti soxta ekanligini tasdiqlagan. Hozirda qolgan hujjatlar ham ekspertizadan oʻtkazilmoqda. Ushbu voqea yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala