Jamiyat

Shimoliy Koreyada vaqtincha toʻy va taʼziyalar taʼqiqlandi

© REUTERS / KCNAKXDR rahbari Kim Chen Ыn harbiy poligonda
KXDR rahbari Kim Chen Ыn harbiy poligonda - Sputnik Oʻzbekiston
Ryonxap agentligi fikriga koʻra, kutilayotgan partiya yigʻini mamlakat rahbari Kim Chen Ыnning hukumatini kuchaytirishi kerak.

TOSHKENT, 2 may — Sputnik. Shimoliy Koreyada mamlakatda asosiy boʻlgan Mehnat partiyasi yigʻini oldidan, xavfsizlik maqsadida toʻy va taʼziyalar taʼqiqlandi, deb xabar bermoqda Ryonxap axborot agentligi.

Janubiy Koreya axborort agentligi vakilining xabariga koʻra, ushbu kunlarda KXDRda alohida kuzatuv tartibi oʻrnatilgan, mamlakat poytaxtiga kirish cheklangan, Xitoy bilan chegara hududda kuzatuv kuchaytirilgan. Odamlar bir joyga jamlanishini oldini olish maqsadida, toʻy va taʼziya kabi ommaviy tadbirlardan voz kechish tavsiya qilingan.

Ryonxap agentligi fikriga koʻra, kutilayotgan partiya yigʻini mamlakat rahbari Kim Chen Ыnning hukumatini kuchaytirishi kerak. Eslatib oʻtamiz, Shimoliy Koreyaning hozirgi rahbari hukumat boshini 2011 yilda, oʻz otasini Kim Ir Senning oʻlimidan keyin, kelgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala