Dunyoda

Rossiya Xitoyga suv yetkizib berishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishOltoy viloyatida suv toshqini
Oltoy viloyatida suv toshqini - Sputnik Oʻzbekiston
Loyiha boʻyicha, chuchuk suv Rossiyaning Oltoy viloyatidan Qozogʻiston orqali Xitoyning Sintszyan-Uygʻur avtonom viloyatiga yetkizib berish koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Moskva Pekinni Rossiyadan Xitoyga chuchuk suv yetkizib berish loyihasini muhokama qilish uchun taklif qildi, dedi Qishloq xoʻjaligi vaziri Aleksandr Tkachev.

Loyiha boʻyicha, suv Rossiyaning Oltoy viloyatidan Qozogʻiston orqali Xitoyning Sintszyan-Uygʻur avtonom viloyatiga yetkizib berish koʻzda tutilgan. Ushbu qaror Oltoy viloyatida har yili 70 mln kubometr ortiqcha suv hosil boʻlishi bilan bogʻliq. Xitoyning Sintszyan-Uygʻur avtonom viloyatida esa qurgʻoqchilik tez-tez boʻlib turadi.

Yaqin kunlar ichida biz Qozogʻistonlik hamkasabalarimiz bilan ushbu masala boʻyicha maslahatlashamiz, dedi Tkachev jurnalistlarga.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala